Bo‘stonliq yoshlari “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasini tuman bosqichida bellashdi
2025-04-19 21:30:00 / Yangiliklar

Unda so‘z olganlar ishtirokchilarga omad tilab, ushbu bellashuv yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ham alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Mazkur musobaqada nizomiga ko‘ra yoshlar turnikka tortilish, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, “AK-74” o‘q otar qurolini to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish hamda mohir mergan kabi shartlar asosida o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko’ra;
1 – o‘rinni “Yakka tut” mahallasi;
2 – o‘rinni “Chimboyliq” mahallasi;
3 – o‘rinni “Sari-kangli” mahallasi yoshlari egalladi.
Yakunda musobaqa g‘oliblariga mahallasida sport shaharchasini barpo etilishi uchun sport anjomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti