Mudofaa vazirligi sportchilari — Osiyo chemponlari!
2025-04-30 16:45:00 / Yangiliklar

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham faol ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz musobaqada yuqori saviyada ishtirok etib, umumiy hisobda 14 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Medal jamg‘armasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sportchilarimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini yurtimizga olib keladigan bo‘lishdi.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sha’nini himoya qilaygan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari Jasur Jaysunov (-80 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) o‘z vazn toifalarida raqiblariga imkon qoldirmay chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasidagi bahslarda dayanga ko‘tarilgan Ozoda Sobirjonova (-67 kg) o‘z kuchini yana bir bor isbotladi. U barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va o‘z vazn toifasida tengsiz sportchi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, final baslarida ishtirok etgan Omonjon Otajonova (-58 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) musobaqaning kumush medallariga sazovor bo‘lishdi.
Sportchilarimizning xalqaro arenalarda muvaffaqiyat qozonishi bevosita ularning doimiy tayyorgarligi va malakali murabbiylar mehnatining mahsulidir.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti