«G‘alaba bog‘i»da «Ehtirom» loyihasiga start berildi
2025-05-16 16:20:00 / Yangiliklar

Xiyobonining tantanali ochilish marosimi o‘tganiga hali o‘n kun ham bo‘lgani yo‘q. 16-may sanasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Mudofaa vazirligi hamkorligida yurtimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ijodkor ziyolilar bilan birgalikda «Ehtirom» loyihasiga start berildi.
«Ehtirom» loyihasiga ko‘ra, oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi, kinometogrfiya agentligi, madaniyat vazirligi, yozuvchilar uyushmasi, xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari ishtirokida ikkinchi jahon urushi halok bo‘lgan hamda mamlakatimiz tinchligi uchun ko‘ksini qalqon qilgan qahramonlar nomini tarixga muhrlash uchun kinoasarlar, seriallar, ssenariylar, she’riy, badiiy asarlar yaratish rejalari muhokama qilindi.
«G‘alaba bog‘i»da bo‘lib o‘tgan ana shu anjumanda yuqorida nomlari sanalgan tashkilotlar, muassasalar va vazirliklar vakillari, taniqli adiblar, san’atkorlar ishtirok etib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z taklif mulohazalarini aytib o‘tishdi. «Ehtirom» loyihasi asosida tasdiqlangan har bir ish tegishli tarzda moliyalashtirilishi, she’riy va badiiy asarlar esa ta’lim muassasalari darsliklari dasturiga kiritilishi ta’kidlandi.
Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti