May - viloyatda dalaga texnika va ishchi kuchi chiqarish oyligi!
2024-04-25 08:47:00 / Yangiliklar
Bugun qishloq xoʻjaligi sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan masalalarga bagʻishlangan viloyat selektori boʻlib oʻtmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan tumani studiyasidan qatnashib, soha mutasaddilari oldida turgan dolzarb masalalar haqida birma bir toʻxtalib oʻtyapti.
Xususan, selektorda paxtachilik, jumladan, chigitni bexato undirish, gʻoʻzaga birinchi ishlov berish, gʻalla parvarishi, pillachik mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, yoshlarga 30 yilga ijaraga berilayotgan yer maydonlari hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotda keng qoʻllash kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar muhokama etilmoqda.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.