Tadbirkorlar bilan uchrashuv
2025-04-12 16:45:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi va viloyat prokurorining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bojxona sohasiga oid masalalarga bag‘ishlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tgan muloqotda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar vakillari eksport, import, investitsiya hamda kommunal sohalarga oid murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ularning har birini e’tibor bilan tinglab, ko‘tarilgan muammolarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topdi.
Shuningdek, ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvda tadbirkor va brokerlarning soha rivojiga oid taklif-mulohazalari eshitilib, eksport hajmini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.