Tadbirkorlar bilan uchrashuv
2025-04-14 17:05:00 / Yangiliklar

"Namangan tajribasi" sifatida viloyatdagi bo‘sh va foydalanilmay kelinayotgan jami 820,8 gektar yer maydonlarida 72 ta kichik sanoat zonalari, shundan 127 gektar yer maydonda 18 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilgan. Hozirda sanoat zonalariga joylashtirilgan 1282 ta tadbirkorlik subyektlarining 1063 tasi o‘z ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, buning natijasida 60 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Muloqotda hududdagi "Kushon", "Yoshlar" hamda "Yuksalish" kichik sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etib, kommunal sohalar: ichimlik suvi, elektr, gaz ta’minoti, yo‘l infratulizmasi, kadastr, soliq va boshqa masalalarga oid murojaatlarini bildirdilar.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ularning har birini e’tibor bilan tinglab, ko‘tarilgan muammolarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topdi.
Shuningdek, ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvdan so‘ng bir qator tadbirkorlarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi va hal etish choralari ko‘rildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.