“Kelajak tongi” mahallasida ham yangi tashabbus — o‘rdakchilik rivojlanmoqda
2025-04-16 17:35:00 / Yangiliklar

Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida aholi farovonligini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida samarali tashabbus amalga oshirilmoqda. Mahallaning “2-Taraqqiyot” ko‘chasi orqali oqib o‘tuvchi 1,2 km uzunlikdagi zakanda o‘rdak boqish ishlari yo‘lga qo‘yilyapti.
Bu loyiha orqali aholining turmush darajasini yaxshilash, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda mahalliy ish o‘rinlarini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Avval “Sherbuloq” mahallasidan boshlangan ushbu yo‘nalish endi kengayib, boshqa hududlarda ham amaliyotga joriy etilmoqda.
Mazkur tashabbus yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy zaxiralarni iqtisodiy manfaatga aylantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi mahalladagi farovonlik va islohotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati