Namangan viloyati hokimi va viloyat prokurorining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-04-21 17:55:00 / Yangiliklar

Namangan shahridagi "Oydin Plaza" mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan muloqotda mehmonxona va umumovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar barobarida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida mehmonxona va oshxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar kredit, kadastr, soliq, kommunal sohalar: ichimlik suvi, elektr, gaz ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi va boshqa masalalarga oid murojaatlarini bildirdilar.
Viloyat hokimi ularning har birini e’tibor bilan tinglab, ko‘tarilgan muammolarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topdi.
Uchrashuvda viloyat prokurori, IIB, soliq, bojxona boshqarmalari boshliqlari qatnashdilar va mavzuga oid fikr-muloxazalarini bildirdilar.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.