“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili samaralari
2025-04-24 10:50:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligidagi uzoq yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, katta maydonlarga bir xil ekin ekishning samaralari ko‘p. Ya’ni, ko‘chat joylashtirish, uni bir xil agrotexnik tadbirlar orqali parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirishdan tashqari hosilning bir vaqtda pishib yetilishi dehqonlarga qulaylik tug‘diradi.
Qodirobod mahallasida ehtiyojmand, ishsiz oilalarga ajratilgan 10 gektarlik maydonda ana shu tamoyil asosida 1-mavsumda qizil loviya, 2-mavsumda qulupnoy yetishtirildi. 50 nafar biriktirilgan yer egalari hamjihatlikda mehnat qildilar. Shu maydonning o‘zidan bir yilda 35 tonna qizil loviya, 90 tonna qulupnoy yetishtirish imkoniyati yaratildi.
Bugun qulupnoyzorda harakat avjida. Paykaldan terib olingan mahsulotlarni ham xaridorlar bir joydan sotib olishapti. Demak, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili o‘zini oqlashda davom etmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.