«Axsikent butunjahon madaniy merosi
2025-04-25 15:05:00 / Yangiliklar
Uning o‘rganishga qiziqishning tobora ortayotgani bejizga emas. 2000-yillarda Buyuk Britaniya olimlari Axsi po‘lati bo‘yicha ilmiy izlanish olib borib, Damashq qilichlari vatani Axsikent ekanligini isbotladilar. Po‘lat siri esa hamon to‘la ochilmagan”, - Axsikent arxeologiya parkiga Angliya, Irlandiya, Avstraliya va Xitoylik olimlar tashrif buyurishdi.

Axsikentni o‘rganish XIX asrning 80-yillarida boshlangan. Mana 150-yildirki, bu arxeologik izlanishlar davom etmoqda.
- Axsikent keramikasi meni o‘ziga rom etdi. Rishton va G‘urumsaroy, Buxoro va Xorazm maktablarining asosi, ildizi Axsikentdadir, - deydi Garri Bekmen.
- 70 gektarlik po‘lat quyish va qurol-aslaha yasash sanoat maydoniga ega Axsikent bu yo‘nalishda jahon lideri bo‘lgan, - deydi Erik Makkallister.
O‘tgan davr mobaynida Chor Rossiyasi va Sobiq Ittifoq mustamlakasi davrida Axsikentdan topilgan nodir artefaktlar bugun Luvr (Fransiya), Metropolitan (AQSH), Ermitaj (Rossiya) va Britaniya Milliy muzeylarini bezab turibdi.