Axborot xizmatlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi
2025-04-25 15:50:00 / Yangiliklar

Unda “Zamonaviy media orqali ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish. Yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalash va unda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati” masalasiga e’tibor qaratildi.
Mavzu yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Appakov sohaga oid yangi media loyihalar taqdimotini o‘tkazdi.
Shuningdek, seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi loyiha ofisi rahbari Suhrob Xidirov Zoom platformasi orqali qatnashib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminarda yosh avlod ongini g‘oyaviy hujumlardan himoya qilish uchun zamonaviy media kontentlardan keng foydalanish lozimligi ta’kidlandi. Bu bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.