Seminar
2025-04-25 16:55:00 / Yangiliklar
O‘zPITIning To‘raqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasida «2025 yil hosili uchun an’anaviy va intensiv Shinjon agrotexnologiyasi asosida yetishtirilayotgan g‘o‘za navlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida parvarishlash hamda urug‘lik maydonlarda kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatlarida amalga oshirish” mavzusida viloyat seminari tashkillandi.

Respublika Urug‘chilik markazi mas’ul xodimi Rustam Ismatullayev yangicha texnologiya bo‘yicha yetishtirilayotgan g‘o‘za navining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi.
Serhosil va zararkunandalarga chidamli navdan viloyatimiz iqlim sharoitida mo‘l hosil olish uchun qanday omillarga e’tibor qaratish zarurligi yuzasidan mutaxassislar tavsiyasi eshitildi. Kuzatishlarda uchrayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida so‘z bordi.
Xorijiy nav yetishtirish bo‘yicha yetarlicha tajribaga ega fermer xo‘jaliklari rahbarlarining, agronomlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati