Namangan viloyati musiqali drama teatri jamoasi xorijiy safarda
2025-04-28 10:10:00 / Yangiliklar

Viloyat teatri jamoasi shu kunlarda Xitoy davlatining Chendu, Chunsin, Chansha shaharlaridagi muxlislar uchun milliy madaniyatimizni tarannum etish maqsadida ijodiy safarda bo‘lib turibdi.
Ayni paytda, daxldor soha vakillari hamda muxlislarni viloyatimizdagi Xalqaro gullar festivaliga taklif etish asnosida, Xitoy Davlatining teatrimiz bilan kelgusi aloqalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Jamoamiz esa, maxsus tayyorlangan teatrlashtirilgan dasturni taqdim etish arafasida turibdi.