Pop tumanida “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi
2025-06-13 15:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda tumandagi nuroniylar jamoatchilik kengashlari a’zolari, “Keksalar maslahati” guruhining faol rahbarlari, Buvijonlar maktabi raislari hamda mahalliy faollar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda aholi o‘rtasida oila mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlar tarbiyasi, hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan 1+10 modeli asosidagi ishlar muhokama etildi.
Tadbir davomida “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyat bo‘limi vakili A. Boltaboyev ishtirok etib, ushbu yo‘nalishda nuroniylarning o‘rni va zimmasidagi vazifalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.