27 iyun - matbuot va OAV xodimlari kuni
2025-06-27 15:10:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan viloyat rahbari bugun Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida viloyatdagi barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi.

Bir piyola choy bahona bayram dasturxoni atrofida media sohasi vakillari e’zozlandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov dastlab Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng sohaning bir guruh faxriylari va faollariga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda Prezidentimiz tomonlaridan sohaga ko‘rsatilayotgan e’tibor va uning samarasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. So‘zga chiiqqanlar bunday g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor qildilar.
Viloyat san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.