64 –xalqaro “Gullar festivali” yana 2 hafta davom etadi
2025-06-30 06:35:00 / Yangiliklar

Dastlabki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar aynan “Gullar festivali”da ishtirok etish uchun Namanganga
7 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Ularning — 712 mingi xorijiy davlatlardan, 3 million 700 nafari mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, viloyatimizning barcha tumanlaridan 2 million 600 ming nafardan ziyod nafosat ishqibozlari keldilar.
Ko‘p sonli ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflaridan kelib chiqib, tashkiliy qo‘mita tomonidan 64-xalqaro “Gullar festivali” davriyligini yana 2 haftaga uzaytirishga qaror qilindi.
Demak, bu yilgi festival shodiyonalari 50 kun davom etadi.
Oldinda rang-barang konsert dasturlari, milliy qadriyatlarimizga hamoxang tadbirlar rejalashtirilmoqda. Eng asosiysi, maftunkor va betakror kompozitsiyalar tomoshasi uchun imkoniyat yanada kengaydi.
Keling, ko‘ring, zavqlaning! Barcha-barchani taklif etamiz.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.