Namanganda yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi
2025-07-01 15:05:00 / Yangiliklar
30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog‘da “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

64-xalqaro "Gullar festivali"ga hamoxang tarzda o‘tgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Bazarov, shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirishdi.
Faol va tashabbuskor yoshlar turli yo‘nalishlardagi yutuqlari uchun taqdirlandi.
Festival doirasida o‘tkazilgan gala konsert esa yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.