Namanganda turizm sohasi vakillari bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2025-07-02 18:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatdagi mehmonxona, xostel, dam olish maskanlari, kempinglar, turoperatorlar va turagent rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi. Sayyor qabilda 50 ga yaqin turizm biznesi vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida turizm sohasidagi dolzarb muammolar, xizmat ko‘rsatish sifati, turistlar oqimini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda sohaga oid turli taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Sardor Niyazov va Botir Nuritdinov ishtirokchilarning murojaatlarini tinglab, har bir masala yuzasidan tegishli idora va tashkilotlarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, ular turizm sohasining iqtisodiy rivojdagi o‘rni va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tib, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladilar.
Namangan viloyati Turizm boshqarmasi