Namangan tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar o‘rganildi
2025-07-02 08:55:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Namangan tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, 3-, 8-sonli maktablarda tashkil etilgan to‘garaklar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar o‘rganilib, bu kabi loyihalar orqali yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Viloyat rahbari o‘rganishlar jarayonida soha xodimlari, mahalla faollari va oqsoqollar bilan suhbatlashdi, ularning muammolari, fikr-mulohazalarini tingladi. Mas’ullarga har bir yoshning qobiliyati va qiziqishiga mos muhit yaratish zarurligini qayd etdi.
Namangan tuman hokimligi axborot xizmati.