Qishloq va chekka hududlarda yashovchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi
2025-02-04 09:50:00 / Yangiliklar
Uchrashuv avvalida Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan istiqbolli loyihalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini, ayniqsa, qishloq joylarini rivojlantirish va eng chekka hududlarda ham ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ishlaridagi samarali faoliyati eʼtirof etildi.
Samiimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash va tadbirokrlik tashabubslarini qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi. Bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash borasidagi qator ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Jumladan,
- ilg‘or tajriba asosida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish va bu borada manfaatli hamkorlik qilish;
- qishloq va chekka hududlarda yashovchi ayollarga iqlimga moslashishga oid cho‘llashishga qarshi amaliy yordam berish, shuningdek, ayollarni ko‘chatchilik, asalarichilik, “Smart farm” yaʼni “Aqlli fermerlik” va turli qishloq xo‘jaligi sohalarida savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quvlarni tashkil etish;
- sog‘likni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ilm-fan, taʼlim sohalari va madaniy gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish;
- “Xalqaro qishloq ayollar kuni”ni hamkorlikda o‘tkazish;
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilayotgan hamkorlik tadbirlarini tashkil qil