“Yangi O‘zbekiston ayoli”
2025-03-06 15:30:00 / Yangiliklar

Konferensiyada davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, blogerlar, xalqaro tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpus hamda birlashmaga a’zo teleradiokanallar ishtirok etdi.
Shuningdek, plenar yig‘ilishda zamonaviy o‘zbek ayolining jamiyatdagi o‘rni, uning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro tajriba va gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan muhokamalar o‘tkazildi. Panel sessiyalarda O‘zbekiston va xalqaro ekspertlar ishtirokida ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning iqtisodiyot, tadbirkorlik va media sohalaridagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.