Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Germaniyaning Ernst Klett tashkiloti boshqaruv raisi Filipp Xausmann bilan uchrashdi.
2025-03-19 09:55:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish, maktablarda nemis tilini rivojlantirish, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, nemis tili o‘quv darsliklarini ishlab chiqish, nemis tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish va DXSH asosida ta’lim tashkilotlari barpo etish muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Ernst Klett tashkiloti o‘zbekistonlik mahalliy hamkorlar bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatidа xususiy bog‘chalar qurish loyihasini ham ishga tushirishni rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida vazirlik va Ernst Klett tashkiloti o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida kelishuv imzolandi.