Xalqaro hamkorlik
2025-04-24 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv boshida tomonlar Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va hamkorlik aloqalarining yuqori dinamikasini qayd etishdi.
Adliya vaziri A. Tashkulov elchi janoblariga ikki davlat oʻrtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlik, yuridik taʼlim, sud ekspertizasi, notariat, mediatsiya va davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan qoʻshma loyihalar haqida soʻzlab berdi.
Ufuk Ulutash janoblari oʻz navbatida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasidagi munosabatlarni yuqori baholab, ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida A.Tashkulov 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga muhtaram elchini hamda Turkiyaning yetakchi huquqshunos va olimlarini taklif qildi.