O'zbekiston hamda Yaponiya adliya vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-05-01 15:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari hamda birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi takliflar muhokama qilindi.
Adliya vaziri A.Tashkulov delegatsiya vakillariga ikki davlat Huquqshunos va olimlari hamkorligida olib borilayotgan ishlar, oʻzaro tashriflar va vazirlik faoliyatiga oid soʻngi islohotlar haqida soʻzlab berdi.
Yaponiya Adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun ustuvorligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bu borada Oʻzbekiston – 2030 strategiyasida aniq mexanizmlar belgilanganligi juda muhim ekanligini qayd etdi.
Shu oʻrinda, janob SUZUKI ikki vazirlik oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, “adliya muloqoti” formatida yangi tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida A.Tashkulov 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga Yaponiyadan katta delegatsiya kutilayotganini taʼkidlab, Yaponiya Adliya vazirligini qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro hamkorlikni taʼminlash va mustahkamlashda Oʻzbekistonning ishonchli va uzoq muddatli strategik sherik ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuvdan so'ng delegatsiya a'zolari Toshkent davlat yuridik universitetidagi Yapon huquqini tadqiq qilish markazi faoliyati bilan tanishib, markaz tinglovchilari bilan suhbatlashishdi.