Koreya Eksimbanki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-05-01 15:15:00 / Yangiliklar
Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Koreya Eksport-import banki vakolatxonasining Toshkentdagi rahbari Sangjin Kang hamda “Saman Engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent – Samarqand yangi tezyurar temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar loyihani aholiga qulay foydalanish imkoniyatini, shuningdek, mavjud va istiqbolli transport infratuzilmasi bilan integratsiyalashuvini hisobga olgan holda bo‘lajak temir yo‘l liniyasining o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarining bir nechta variantini muhokama qildi.
Vazir I.Mahkamov mazkur loyihaning strategik va ijtimoiy ahamiyatini inobatga olib, joriy yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirishni so‘radi.