Transport vaziri O‘mon Sultonligi elchisi bilan uchrashdi
2025-05-02 11:05:00 / Yangiliklar
Transport vaziri Ilhom Maxkamov O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Al Sayyida Vafo Jabr Nasser Al Busaydiy xonim hamda «UzOman» investitsiya kompaniyasi bosh direktori Oman Bahrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Elchi Vafo Jabr Nasser al-Busaidiy xonim O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini, ayniqsa mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimining ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlar "Oman Air" aviakompaniyasi tomonidan Maskat –Toshkent – Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri avia qatnovlarni tashkil etish masalasini muhokama etishdi.
O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) kompaniyasi bosh direktori Oman Bahrom yuk aylanmasini oshirish va O‘zbekistonni yuk tashish uchun tranzit markazga aylantirish maqsadida Toshkent shahri va boshqa hududlarda logistika markazlarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.