O'zbekiston 3-marotaba “Islom dunyosi madaniy poytaxti” maqomiga egalik qilmoqda
2025-05-29 09:10:00 / Yangiliklar

Unda, dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning AYSESKO bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.
Hech shubhasiz har qanday inson AYSESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashuvchi betakror tashkilotni ko‘radi.
O‘zbekiston AYSESKO tashkilotiga a’zo bo‘lganiga qisqa fursat bo‘lishiga qaramasdan, o‘tgan davr mobaynida hamkorlikda juda katta loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahri, 2020-yilda Buxoro shahri “Islom madaniyati poytaxti”deb e’lon qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda AYSESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2021-yil sentyabr oyida Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum o‘tkazilgan.
2023-yilning 25-27-sentyabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom dunyosi madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida 2025-yilda Samarqand shahri “Islom olami madaniyat poytaxti” sifatida e’lon qilinib, 2025-yilning 27-may kuni Samarqandda islom olami madaniyat vazirlari ishtirokida “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z nutqi bilan ochib berib, shunday dedi:
"Bugungi globallashuv jarayonida yuzaga kelgan “anti-madaniyat epidemiyasi” avj olgan bir vaqtda, AYSESKO — insoniyatni “qo‘shtirnoq ichida” emlash, uni halokatdan qutqarib qolish uchun yaratilgan global platformadir"
ICESCO bosh direktori doktor Salom Bin Muhammad Al Malik ham nutq so‘zladi, unda:
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yorqin qarashi sababli Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilib, O‘zbekiston islom madaniyatining faxri bo‘ldi - dedi.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ham o‘z ma’ruzasi bilan nutq so‘zlab, Samarqand shahriga berilgan ushbu maqom bilan faxrlanishini ta’kidladi.
So‘ng, Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti - ICESCO bosh direktori doktor Salom Bin Muhammad Al Malik O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga "Islom dunyosi madaniy poytaxti"ning ramziy bayrog‘i hamda statuetkasini tantanali topshirdi.
Forum o‘z ishini davom ettirdi va ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
Ma’lumot o‘rnida: Hozirgi kunda tashkilotga 54 ta mamlakat a’zo hisoblanadi. 2019-yil maydan Bosh direktor lavozimini Salim bin Muhammad al-Malik egallab kelmoqda.
AYSESKO amalda YUNESKO funksiyalariga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Tashkilot madaniy merosni asrash, tarixiy-me’moriy obidalar va yodgorliklarni qayta tiklash, muzeylar va qo‘lyozmalarni ta’mirlash, ilmiy tadqiqot tadbirlari, jumladan, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazib keladi.
Shuningdek, har yili a’zo davlatlarning ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, atrof-muhit, madaniyat vazirlari yig‘ilishlari o‘tkaziladi.