Adliya vaziri A. Tashkulov va World Justice Project vakili M. Lewis uchrashuvi
2025-06-02 09:05:00 / Yangiliklar
2025-yil 30-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project)ning davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewisni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda sud-huquq tizimi, davlat boshqaruvi, murojaatlar bilan ishlash va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarning hujjatlar bilan cheklanib qolmay, mahalla darajasida ham amaliyotga joriy etilayotganini yuqori baholab, bu yondashuv ko‘plab muammolarga samarali yechim bo‘la olishini ta’kidladi.
Shuningdek, u huquq ustuvorligini ta’minlash borasida O‘zbekiston mintaqadagi ilg‘or davlatlardan biri ekanini e’tirof etdi.
Tomonlar ushbu sohada hamkorlikni chuqurlashtirib, mavjud muammolarni bartaraf etishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.