Viloyat hokimi faol va tajribali pillakorlarni e'tirof etdi
2025-03-29 11:50:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilayotgani sohaning yanada rivojlanishi va natijalar ham shunga yarasha oshayotganidan dalolat beradi.
Xususan, viloyatimizda ham bu yo'nalishdagi ishlar salmog'i yildan-yilga ortib bormoqda. Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov "Kumush tola" yetishtirishdek mashaqqatli mehnati bilan pilla qurtini parvarishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan va tajribali viloyatimizning kasanachi xotin-qizlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi. Ular uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda so'zga chiqqan viloyat hokimi pillachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalarga alohida to'xtalib, bu borada mehnat qilayotgan vohamizning barcha pillakorlari mehnati muhim o'rin tutishini ta'kidladi.
Shuningdek, o'tgan mavsumda yuqori natijadorlikka erishgan sohaning faol ayollari eʼtirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Maʼlumot uchun, o‘tgan 2024-yil ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida 12,3 mln tup tut ko‘chatlari ekilib, 44,4 ming quti ipak qurti parvarishlangan holda 2859 tonna pilla xomashyosi yetishtirilgan va sohada 102 ming nafar aholining bandligi ta’minlangan.