Erta tongdan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi
2025-04-02 10:30:00 / Yangiliklar

Erta tongdan viloyat hokimi Murotjon Azimov va nuroniylar Qarshi shahridagi “Xo‘jai Jarroh" qadamjosini ziyorat qilishdi.
Shundan so‘ng jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.
Yig‘ilganlar yurtimizda doimo tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
So‘yilgan jonliq go‘shtlari kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi.