Qashqadaryo - Chuvashiya: Ikki tomonlama ishonchli hamkorlik yanada ko‘proq natijalarga erishishga zamin yaratadi
2025-04-25 16:05:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bugun Chuvashiya Respublikasi rahbari Oleg Nikolayev boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Hukumat mas’ullari va nufuzli ishbilarmonlardan iborat mehmonlar Qarshi xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Dastlab, viloyat hokimi Murotjon Azimov va Chuvashiya Respublikasi rahbari Oleg Nikolayev ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda agrosanoat sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ikki tomon rahbarlari va tadbirkorlar ishtirokidagi “Qashqadaryo-Chuvashiya” biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar hududlar taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Mehmonlar safarini vohamizdagi bir qator sanoat va tadbirkorlik subyektlarida davom ettirmoqda.