Qashqadaryoda kitobxon uy bekalari munosib e’tirof etildi
2025-05-19 16:30:00 / Yangiliklar

Qarshi shahrida “Kitobxon uy bekasi” tanlovining viloyat bosqichi doirasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda o‘z bilimdonligi, zukkoligi va kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan ajralib turgan ishtirokchilar alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Ziyoda Aminova tadbirda so‘zga chiqib, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishda faol ishtirok etayotgan, farzandlariga ibrat bo‘layotgan uy bekalariga minnatdorlik bildirdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar Abdurauf Fitratning “Oila”, Asqad Muxtorning “Chinor” va Onore de Balzakning “Gorio ota” asarlarini chuqur o‘rganib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin Xurshida Abdurahmonova — Dehqonobod tumani
2-o‘rin Nilufar Sattorova — Ko‘kdala tumani
3-o‘rin Muazzam Bobomurodova — Koson tumani