Shahrisabzda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratilgan Xalqaro konferensiya o'tkazildi
2025-05-27 12:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27–28-may kunlari Shahrisabz tumanida “Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va o‘rta biznesni keng qo‘llab-quvvatlash” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy imkoniyatlar, innovatsion yondashuvlar;
Ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tajriba;
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar va tajriba almashinuvi;
Raqamli yechimlar, raqobat muhiti va tartibga solish.
Konferensiyada davlat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, biznes vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.