Dehqonobodning Oqmachit mahallasida ikkita yangi ko‘prik ishga tushdi
2025-06-07 18:30:00 / Yangiliklar

Dehqonobod tumanining Oqmachit mahallasida joylashgan Qoluvdor qishlog‘i aholisi joriy yilgi Qurbon hayitini ikki karra bayram sifatida nishonladi. Hayit kuni homiylik asosida qurilgan ikki yangi ko‘prik tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ular aholi, ayniqsa o‘quvchilar, nuroniylar va bemorlar uchun xavfsiz va qulay yo‘l bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘priklar hashar yo‘li bilan qurildi va uzoq yillar davomida soylikdan o‘tishdagi muammolarga yechim bo‘ldi. Bayram munosabati bilan ehson dasturxoni yozilib, tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi, oqsoqollar, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etib, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun duo qilishdi.
Qishloq ahli bunyodkorlikda bosh-qosh bo‘lgan homiyga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz rahbarining yurtimizda olib borayotgan islohotlariga rivojlar tiladi.