Navbatdagi ochiq muloqot qashqadaryoda bo‘lib o‘tdi
2025-05-22 14:10:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda hududiy boshqarma boshlig‘i S.Sadikov tomonidan 2024-yil yakunlari va 2025-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan 10ga yaqin murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan:
Z.Bobonazarovaning iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi bosimi pastligi, shuningdek o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganligi haqidagi murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun ijroga yo‘naltirildi.
“GISSARNEFTGAZ” MChJ rahbarining davlat xaridlari jarayonini ma’lum bir istisnoli holatlarda(ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi uchun) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar qismiga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, tadbirkor A.Norboyevning quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotish narxini ham hozirgi narx belgilash o‘zgarishlaridan kelib chiqib, oshirish bo‘yicha bergan takliflari tinglandi.
Z.Xo‘shboqova tomonidan biznesni rivojlantirish bo‘yicha onlayn dars muddatli to‘lov asosida sotib olingan, biroq dars mazmuni reklamada ko‘rsatilganidek emasligi aniqlangan va to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinib, murojaati ijobiy hal etilgani munosabati bilan fuqaro boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida:
Murojaatlar va o‘rganishlar natijasida 2024-yil davomida 20 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2025-yil 1-chorakda 1,5 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Bunday ochiq muloqotlar aholi, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni yana-da mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.