BAYRAM TABRIGI
2025-03-08 09:50:00 / Yangiliklar

Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyati va jamoasi yurtimiz ayollarini bugungi shodiyona 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Yurtimizga iliqlik, yurtdoshlarimizga xush kayfiyat olib kelgan Bahor faslining ilk bayrami, Siz, nafosat sohibalarining shodiyona kuningiz bilan boshlanishida ham katta ramziy maʼno bor, albatta.
Zero, mana bir necha asrdir-ki, insoniyat “Goʻzallik, vafo, sadoqat, mehr” ramzi oʻlaroq ayol, xususan, Ona siymosi oldida yuksak ehtirom koʻrsatib kelmoqda. U tengsiz moʻjiza boʻlib kelgan va hamisha shunday boʻlib qoladi.
Shunday ekan, yana bir bor, Siz, muhtaram ayol-qizlarimizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, xonadoningizga esa fayzu-baraka tilab qolamiz.