Yangi tadbirkorlik subyektlariga Umra litsenziyasi berildi
2025-05-15 15:45:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlik subyektlaridan arizalar qabul qilingan edi. (https://gov.uz/oz/religions/news/view/39516)
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlar ko'rib chiqilib, quyidagi talabgorlar tanlov gʻolibi deb topildi:
1. “Centrum holidays” MChJ;
(Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 38-uy)
2. “Buxoro umra jamiyati” MChJ;
(Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Abu Ali Ibn Sino ko'chasi 6-uy)
Eslatib o'tamiz, dastlabki bosqichda 12 ta tadbirkorlik subyekti mazkur litsenziyani qo'lga kiritgan edi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/religions/pages/umra-tadbirlarini-tashkil-etish-va-otkazish-faoliyati-uchun-litsenziyaga-ega-bolgan-tadbirkorlik-subyektlari-royxati
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati