"Huquqiy savodxonlik oyligi" targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
2025-05-15 17:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 14-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” va “Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplari” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining maslahatchisi Ilhom Ma'rupov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Maʼruzada fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining davlat va jamiyat hayotidagi oʻrni, diniy bagʻrikenglikni taʼminlashdagi ahamiyati hamda vijdon erkinligining huquqiy asoslari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati