Soliq siyosati: 2025-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilmoqda
2024-10-29 15:00:00 / Matbuot anjumanlari

"2025-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari" mavzusidagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rahbariyati ishtirok etmoqda.
2025-yil uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi.
▫️foyda solig‘i - 15%;
▫️QQS - 12%;
▫️JShODS - 12%;
▫️yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i - 1,5%;
▫️AOS - 4%;
▫️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i - 0,95%;
▫️qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv solig‘i - 100 so‘m.
Sog'lom turmush tarzini yaxshilash va tabiat resurslarini asrash:
▫️Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig'i stavkalarini JST talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilmoqda;
▫️ barcha shirin ichimliklarga aksiz solig'i joriy etilmoqda. (Amalda gazlangan shirin ichimliklarda)
▫️ suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suv uchun soliq stavkasi qayta ko'rib chiqilmoqda (1 kub metr uchun 15 ming so'm)
Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish:
▫️JST talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti bo'yicha foyda solig'i imtiyozi bekor qilinmoqda;
▫️Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari (sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar) uchun suv solig'ini bir xil belgilash.
Mubin Mirzayev:
2025-yilda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Eng asosiy ustuvor vazifa xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan. Bunda sogʻlom raqobatni buzgan holda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, turli xil koʻzboʻyamachilik shartnomalarini tuzish orqali soliqlardan qochayotgan soliq toʻlovchilarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.