2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha maʼlumotnoma shakllari
2025-01-18 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 2025-yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
2025-yil uchun Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bunda, soliq davrida soliq summasi:
BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_11;
BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_12.