Elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va isteʼmolchilarga yetkazib berishdagi jarayonni raqamlashtirish borasidagi ishlar muhokamasi
2025-04-22 18:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Bugun, Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov Soliq qoʻmitasi raisi Sh.Qudbiyev bilan birgalikda soliq idoralari tizimida mavjud axborot dasturlari negizida yaratilayotgan “Hududiy elektr tarmoqlari” jamiyatida elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va isteʼmolchilarga yetkazib berishdagi jarayonni raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda, Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining masʼullari qatnashdi.
Unda, raqamli nazorat tizimlari yordamida energiya taqsimoti va isteʼmolini samarali boshqarish, yoʻqotishlarni kamaytirish, sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish hamda tizim xodimlarni shaxsiy masʼuliyatini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, sohani raqamlashtirishda belgilangan muddatlarga rioya etish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, shuningdek yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqid qilinib, masʼullar ogohlantirildi hamda tegishli koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilish yakunida “Hududiy elektr tarmoqlari” jamiyati vakillarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Bosh Prokuratura Matbuot xizmati