Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritilgan
2025-04-25 17:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasining “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
O‘RQ-1060, 22.04.2025-yil
Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksining 248-moddasi quyidagi 14-qism bilan to‘ldirildi.
Unga ko'ra agar garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish uchun kreditor tomonidan olingan mol-mulk bo‘yicha Soliq kodeksning 266-moddasiga muvofiq soliq hisobga olinmagan bo‘lsa, ushbu mol-mulk realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza soliq summasini o‘z ichiga oladigan, mol-mulkni realizatsiya qilish narxi va mazkur mol-mulkning majburiyatni bajarish uchun kredit tashkiloti balansiga olish chog‘idagi qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Soliq solish metodologiyasi departamenti