Hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-04-03 17:00:00 / Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali va Litvaning Klaypeda universiteti o‘rtasida xalqaro memorandum imzolandi.
Tadbir doirasida Litvaning Klaypeda universiteti professori Asta Sarkauskiene tomonidan “Talabalar sportini ommalashtirish, mutaxassislar tayyorlash jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida hamda sohaning boshqa jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Professor Brone Svitriene esa “Talabalar bilan raqsga asoslangan mashqlarni tashkil etish, ularni tayyorlash va jismoniy faollik masalasi”da fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdi.
Seminar-trening yakunida ilmiy hamkorlikni davom ettirish masalasi muhokama etildi.