Koreya Paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi
2025-04-08 10:10:00 / Yangiliklar

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Koreya Paralimpiya qo‘mitasi Prezidenti Jung Jinowan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda shuningdek, Koreya Paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yuqori samara berayotganligi, para atletlar tomonidan nufuzli xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilayotgan natijalar e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Koreya Paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.