Osiyo Velosport Konfederatsiyasi va Xitoy Velosport assotsiatsiyasi oʻrtasida yigʻilish oʻtkazildi
2025-04-23 11:00:00 / Yangiliklar

2025 yilning 23 - aprel kuni Osiyo Velosport Konfederatsiyasi va Xitoy Velosport Assotsiatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Osiyo Velosport Konfederatsiyasi prezidenti Dato Amarjit Singgh Gill, Osiyo Velosport Konfederatsiyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jayev, va Xitoy Velosport Assotsiatsiyasi prezidenti Dalin CUI va Xitoy Velosport Assotsiatsiyasining boshqaruv a'zolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Osiyo Velosport Konfederatsiyasini yanada rivojlantirish, Xitoy bilan hamkorlik qilish va bir qator yangi masalalar koʻrib chiqildi hamda Osiyo Velosport Konfederatsiyasi va Xitoy oʻrtasidagi kelajak sari kuchli va oʻzaro hamkorlik uchun konstruktiv muhokamalar boʻldi.