Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha HISOBOT
2025-05-29 15:00:00 / Yangiliklar

1. |
Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi |
Vazirlar Mahkamasining “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi 118-son qarori |
2. |
TSTBni o‘tkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti |
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi |
3. |
Normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish uchun asos |
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi |
4. |
Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi |
Mavjud emas |
5. |
Sana |
29.05.2025-yil |
Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari |
||
6. |
Xulosa: Ma’lumki, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, sport sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan va natijador sportchilarni tayyorlashda ishtirok etayotgan trener va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifalari berib kelinmoqda. Xususan, 2020-2024-yillarda sport sohasida faoliyat yuritgan 7 ming nafar trener va yo‘riqchi-uslubchilar malaka toifasi berishni so‘rab murojaat qilgan. Ulardan 1 480 nafari reglament talablarini bajarmaganligi uchun rad etilgan bo‘lsa, 5,5 ming nafariga malaka toifalari berilgan. Ta’kidlash lozimki, amalda malaka toifasini berish mezonlarining aniq ifodalanmaganligi amaliyotda noaniqliklarga va ularning turlicha talqin qilinishi holatlariga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, malaka toifalarini berishda noolimpiya sport turlari bo‘yicha nisbatan yengilroq talablarning belgilanganligi natijasida ko‘proq noolimpiya sport turlari bo‘yicha malaka toifalarini olish holatlariga sharoit yaratib bermoqda. Shu bilan birga, malaka toifalarini berishda talab etiladigan hujjatlarni yig‘ish, shuningdek, hujjatlarni vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonlari beriladigan arizalarni ko‘rib chiqishda ortiqcha byurokratik tartib-taomillarning joriy etilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida, Vazirlar Mahkamasining “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi 118-son qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan holda trener va yo‘riqchi-uslubchiga malaka toifasini berish bo‘yicha quyidagi tartibni joriy etishni talab qilmoqda: trener va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifasini “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali proaktiv shaklda amalga oshirilishini belgilash; “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimida trener va yo‘riqchi-uslubchilarning murojaatisiz hamda ulardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda, inson omilisiz malaka toifalarini berish imkoniyatini yaratish; malaka toifasi muddatini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davriyligini inobatga olgan holda 4-yil etib belgilash (amalda 5-yil); yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifasini Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirganidan so‘ng berish tartibini joriy etish; “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining respublika va hududiy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni birinchi bosqichdan tayyorlagan trenerlarga ham ommaviy sport bo‘yicha malaka toifasini berish; malaka toifasini faqat “ERP sport” tizimiga kiritilmagan trener va yo‘riqchi-uslubchilarga berilishini belgilab qo‘yish; noolimpiya sport turlari bo‘yicha malaka toifasini berish mezonlari va talablarini kuchaytirish; Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari hamda jahon chempionatlari g‘olib bir nafar sportchining natijasi uchun bir nechta trenerning malaka toifa olishi amaliyotiga chek qo‘yish; malaka toifasi berishda barcha zarur bo‘ladigan ma’lumotlar va hujjatlarning tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan kiritilishini belgilash hamda trener, yo‘riqchi-uslubchilarga bu jarayonni onlayn kuzatib borish imkoniyatining yaratish; ma’lumotlar va hujjatlarni kirituvchi vakolatli tashkilotlarning mansabdor shaxslari |
|
7. |
Hujjatning ta’sir doirasi: Bugungi kunda Sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarida trenerlar 15 521 nafarni, yo‘riqchi-uslubchilar 815 nafarni tashkil qiladi. Bu esa o‘z navbatida, trener va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifasini “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali proaktiv shaklda amalga oshirilishi natijasida ularning murojaatisiz hamda ulardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda, inson omilisiz malaka toifalarini berish imkoniyati yaratiladi. Trener va yo‘riqchi-uslubchilarning amaldagi ko‘rsatkichlari (natijalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali bir nafar sportchining natijasi uchun bir nechta trenerning malaka toifa olishi amaliyotiga chek qo‘yiladi. |
|
8. |
Hujjatning natijadorligi va samaradorligi: Ta’kidlash lozimki, 2020-2024-yillarda sport sohasida faoliyat yuritgan 7 ming nafar trener va yo‘riqchi-uslubchilar malaka toifasi berishni so‘rab murojaat qilgan. Ulardan, Ta’kidlash lozimki, “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali proaktiv shaklda trener va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifasini berishda davlat xizmatlari markazlari Bunda “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimida ma’lumotlar asosida trener Trener va yo‘riqchi-uslubchilar ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligini hamda ko‘rsatkichlarning shakllanishini “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimida shaxsiy kabinetlari orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. |
|
9. |
Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari: a) ijobiy tomoni: trener va yo‘riqchi-uslubchilarga “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimida ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng, avtomatik tarzda elektron shaklda malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi; malaka toifasi muddati 4-yil etib belgilanadi (amalda 5-yil); “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlarga ham ommaviy sport bo‘yicha malaka toifasi beriladi; b) salbiy oqibatlari: jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan trener va yo‘riqchi-uslubchilarga malaka toifalari berilmaydi; noolimpiya sport turlari bo‘yicha malaka toifasini berish mezonlari va talablarini kuchaytiriladi; mehnat stajini bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchilarga tegishli malaka toifasi faqat bir marotaba beriladi; sportchilar erishgan natijalar bo‘yicha trener faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin. |
Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.
O‘zbekiston Respublikasi
29.05.2025-yil