Poytaxtimizda "gemofiliya va qon ivish tizimi buzilishi kasalliklarini davolashdagi zamonaviy yondashuvlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda
2025-05-30 19:00:00 / Yangiliklar
Unda mahalliy mutaxassislardan tashqari, Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Butunjahon gemofiliya federasiyasi, Butunrossiya gemofiliya jamiyati kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari onlayn va oflayn formatda ishtirok etyapti.

Ta'kidlanganidek, gemofiliya — qon ivishining buzilishi — eng og'ir tug'ma irsiy kasalliklardan biri bo'lib, hozir yurtimizda 2 ming nafardan ortiq shu xastalik aniqlangan bemorlar shifokorlar nazorati ostida turadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.