Oliy tibbiy ta'lim muassasalari va ilmiy - tekshirish institutlari klinikalari
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati,
Andijon shahri, Bobur shoh ko'chasi, 8
Веб-сайт:www.adtiklinikasi.uz
Aloqa uchun ma'lumotlar:aya informasiya:
E-mail: klinagmi@mail.ru
Tel: (+99874) 237-10-35
Faks: (+99874) 222-34-70
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining qurilishi 1975 yilda yakunlangan. Klinika Andijon davlat tibbiyot instituti rektori (1963-1981), professor yu.A.Atabekovning tashabbusi bilan tashkil qilinib, hozirgacha uning nomi bilan yuritiladi. U Andijon tibbiyot instituti talabalari uchun o'quv bazasi hisoblanadi.
Klinikaning asosiy yo'nalishlari: gepatobiliar jarrohlik, kardiojarrohlik, yurak-qon tomir jarrohligi, kaminvaziv jarrohlik, operativ ginekologiya bo'limi, shoshilinch jarrohlik, oftalmologiya, urologiya, Otorinolaringologiya, yiringli jarrohlik, proktologiya, ortopediya neyrojarrohlik, vertebrologiya.
Klinika 20 ta profilli bo'limlardan iborat 650 o'ringa mo'ljallangan. 36 ta o'rindan iborat alohida reanimasiya bo'limi mavjud. Bir smenada 200 qabulga mo'ljallangan maslahat poliklinikasida ambulator yordam ko'rsatiladi.
Zamonaviy uskunalar va kuchli kadrlar salohiyati kardiojarrohlik, kaminvaziv jarrohlik va operativ ginekologiya, gemodializ va boshqa yo'nalishlar bo'yicha yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko'rsatish imkonini beradi.
Klinika bo'limlarida yuqori qulayliklarga ega bir yoki ikki o'rinli palatalar bo'lib, muzlatgich, kondisioner, televizor, Internet bilan ta'minlangan. Shuningdek, kir yuvish xonasi, sartaroshxona xizmatlardan foydalanish imkoni mavjud.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi
Manzil:100194, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, yangi shahar ko'chasi, 7 A
Veb-sayt:www: riv.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info.nii-virusologii@minzdrav.uz
Tel:(+99871) 224-83-26, (+99871) 231-14-83
Faks:(+99871) 221-78-44
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi 1978 yilda tashkil etilgan virusologiya ilmiy-tekshirish institutining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Klinika faoliyatning asosiy yo'nalishlari OITV/OITS, virusli gepatitlar, virus etiologiyali jigar tsirrozlari, onkovirusologiya, gripp, ichak infektsiyalari va virus etiologiyali boshqa yangi infektsiyalarga qarshi kurashish hisoblanadi.
Klinika 200 o'ringa mo'ljallangan 7 ta bo'lim (jumladan, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limi) mavjud.
Klinikada V, S, D turdagi virusli gepatitlarning differentsial diagnostikasi, PZR, Torch-infektsiya, odam pappilomasi virusi (OPV), jigar elastometriyasi, ligatura yordamida qizilo'ngachning varikoz-kengaygan tomirlarini bog'lash bilan ezofagogastro-duodenoskopiyasi o'tkaziladi.
Klinikada barcha zarur qulayliklarga (televizor, muzlatgich, kondisioner, mikroto'lqinli pech, elektr choynak, alohida sanuzelga) ega palatalar mavjud.
Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, Anqaboy ko'chasi, 6
Веб-сайт:www.1klinikasammi.uz
Aloqa uchun ma'lumotlar:
E-mail: klinikasammi@mail.ru
Tel: (+99866) 238-67-26
Faks: (+99866) 238-67-26
Klinikaga 1930 yilda asos solinib, ko'p tarmoqli tibbiyot muassasa hisoblanadi va 30 dan ziyod yo'nalishlari bo'yicha tibbiy xizmatlar ko'rsatadi.
Klinikada quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi: kardiologiya, revmatologiya, gastroenterologiya, gematologiya, kaminvaziv xirurgiya, endoskopik xirurgiya, koloproktologiya, akusherlik va ginekologiya, endoskopik ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi, neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi, mikroxirurgik oftalmologiya, Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, anesteziologiya, reanimasiya, fizioterapiya, davolash-jismoniy tarbiyasi, stomatologiya, giperbarik oksigenasiya, ozonoterapiya, tibbiy radiologiya, plazmaferez, nurli diagnostika, laborator diagnostika, videogasroskopiya, videokolonoskopiya, videokolposkopiya, bronxoskopiya quloq, tomoq va burun kasalliklarini LOR kombayn orqali diagnostikasi va boshqalar.
Klinikada 16 nafar professor va tibbiyot fanlari doktorlari va 42 nafar dosentlar va tibbiyot fanlari nomzodlari hamda 56 nafar oliy toifali shifokorlar faoliyat olib boradi.
Klinikaning 13 ta bo'limlarida chet el fuqarolari uchun yuqori qulayliklarga ega 20 ta palatalar ajratilgan bo'lib, muzlatgich, kondisioner, televizor, Internet bilan ta'minlangan.
Klinikasi bo'limlarida davolangan chet el fuqoralariga Samarqand viloyatida joylashgan ma'naviy-ma'rifiy merosimiz, betakror obidalarimiz Registon ansambli (Ulug'bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi), Afrosiyob shaharchasi, Amir Temur maqbarasi, Imom al Buxoriy maqbarasi, shohi Zinda maqbarasi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi va muzeyi, Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, G'avsuli A'zam ziyorotgohi, Shayx Xudoydodi Vali ziyorotgohi, Maxdumi A'zam ziyorotgohi, O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, Samarqand viloyati tabiati va tarixi muzeyi, Afrosiyob va Samarqand shahar tarixi muzeylariga ziyorat qilishlari xamda el merosi teatri tomoshalarida ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-klinikasi
Manzil:O'zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati,
Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi, 70A
Веб-сайт:www.sammi2-kl.uz
Aloqa uchun ma'lumotlar:
E-mail: shamsiyevja@mail.ru
Tel: (+99866) 233-78-83
Faks: (+99866) 233-78-83
Klinika 1986 yilda tashkil etilgan bo'lib, bolalar uchun ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini ko'rsatadi.
Klinikada 200 o'rinli turli xil jarrohlik bo'limlari mavjud: torakal xirurgiyasi (ko'krak qafasi xirurgiyasi) bo'limi, urologiya bo'limi, neonatal xirurgiyasi bo'limi, 1-sonli umumiy xirurgiyasi bo'limi (shu jumladan yiringli operasiya), shoshilinch posti bilan, yuz-jag'xirurgiyasi bo'limi, 2-sonli umumiy jarrohlik bo'limi (rejali xirurgiyasi), yurak xirurgiyasi bo'limi, anesteziologiya, reanimasiya va intensiv terapiya bo'limi (shu jumladan yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun), bir kunlik xirurgiya stasionari hamda konsultativ-diagnostika bo'limiga quyidagilar kiradi: funktsional diagnostika bo'limi, tibbiy reabilitasiya bo'limi, ultratovush diagnostikasi bo'limi, rentgen diagnostika bo'limi, endoskopik bo'lim, klinik immunologiya, biokimyoviy laboratoriya, bakteriologik laboratoriya, patomorfologik laboratoriya, tibbiy rentgenologiya.
Klinikada 4 nafar professor va tibbiyot fanlari doktorlari va 6 nafar dosentlar va tibbiyot fanlari nomzodlari hamda 21 nafar oliy toifali shifokorlar faoliyat olib boradi.
Klinikaning 6 ta bo'limlarida chet el fuqarolari uchun yuqori qulayliklarga ega 10 ta palatalar ajratilgan bo'lib, muzlatgich, kondisioner, televizor, Internet bilan ta'minlangan.
Klinikasi bo'limlarida davolangan chet el fuqoralariga Samarqand viloyatida joylashgan ma'naviy-ma'rifiy merosimiz, betakror obidalarimiz Registon ansambli (Ulug'bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi), Afrosiyob shaharchasi, Amir Temur maqbarasi, Imom al Buxoriy maqbarasi, shohi Zinda maqbarasi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi va muzeyi, Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, G'avsuli A'zam ziyorotgohi, Shayx Xudoydodi Vali ziyorotgohi, Maxdumi A'zam ziyorotgohi, O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, Samarqand viloyati tabiati va tarixi muzeyi, Afrosiyob va Samarqand shahar tarixi muzeylariga ziyorat qilishlari xamda el merosi teatri tomoshalarida ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi
Manzil:100140, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani,Bog'ishamol ko'chasi, 223
Веб-сайт:www.clinic.tashpmi.uz
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: medtur.tashpmi@gmail.com
Tel.:(+99871) 262-96-62, (+99871) 260-31-16
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi davolash korpusining qurilishi va uning foydalanishga topshirilishi 1985 yilda amalga oshirilgan.
Bugungi kunda klinika intitutning yagona o'quv-ilmiy-davolash-uslubiy majmuasining tarkibiy bo'linmasi hisoblanib, O'zbekiston Respublikasining bolalar va katta yoshli aholisiga ko'p tarmoqli, ixtisoslashgan, stasionar va maslahat-diagnostika yordamini ko'rsatish uchun mo'ljallangan.
Klinikada bolalar patologiyasining turli yo'nalishlari bo'yicha –jami 340 o'rinli – 15 ta stasionar bo'limlar va markazlar mavjud. Klinikada faoliyat yurituvchi shifokor xodimlar 155 nafarni tashkil qiladi.
Klinika oftalmologiya, reanimatologiya-anesteziologiya, kardiojarrohlik, travmotologiya-ortopediya Otorinolaringologiya, abdominal jarrohlik, torakal jarrohlik, yiringli jarrohlik, plastik jarrohlik, urologiya, pulmonologiya, kardiorevmatologiya, nevrologiya, dermatologiya va boshqa 17 ta yo'nalish bo'yicha ixtisoslashgan yordam ko'rsatmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi
Manzil:100109, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani; Farobiy ko'chasi, 2, shifokorlar ko'chasi, 2; klinika filiali: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko'chasi, 103
Veb-sayt:www: 1-klinikatma.uz; www: 2-klinikatma.uz;
www: 3-klinikatma.uz.
Aloqa uchun ma'lumot:
E-mail: info@1-klinikatma.uz, 2-kltashmedakad@mail.ru, info@3-klinikatma.uz
Tel: (+99871) 214-51-01, (+99871) 150-97-86,(+998 71) 214-50-00
Faks: (+99871) 150-96-95, (+998 71) 150-94-95
Filial tel: (+99871) 289-43-43, (+99871) 289-43-44
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi 2019 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalarini birlashtirish yo'li bilan tashkil qilindi.
Klinikada yuqori malakali xirurgiya, akusher-ginekologiya, terapevtik, pediatriya, diagnostika, ambulator-poliklinika, reabilitasiya va tibbiy yordamning boshqa ko'rinishlarini ham shoshilinch, ham rejali tartibda amalga oshiriladi.
Klinikada stasionar shariotida har yili 72 mingdan ziyod bemorga xalqaro standartlarga muvofiq tibbiy yordam ko'rsatiladi, maslahat poliklinikalarda 297 mingdan ortiq bemorlar ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam ko'rsatiladi, 18 mingdan ziyod bemorlarda (jumladan, eng zamonaviy va yuqori texnologiyali) operasiyalar amalga oshiriladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi Toshkent tibbiyot akademiyasining 24 ta etakchi kafedralari bazasi hisoblanadi.
Klinika bo'limlarida bemorlar uchun o'ta qulay va shinam (standart, yarim-lyuks va lyuks) palatalar tashkil qilingan. Har bir palata kondisioner, televizor, muzlatgich, alohida sanuzel va boshqa servis xizmat uskunalari bilan jihozlangan.
Klinikada davolanayotgan chet el fuqarolari davolanish jarayonini Chorsu bozori, Toshkent metropoliteni, teleminora va atrofdagi go'zal manzaralar, Hazrati Imom (Xast-Imom) majmuasi, Xo'ja Ahror Valiy masjidi, va Ko'kaldosh madrasasi, Amir Temur hiyoboni va Temuriylar tarixi muzeyi, Mustaqillik maydoni, Buyuk Knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov saroyi, ko'p sonli muzeylar, madaniyat va istirohat bog'lari va ko'pgina boshqa diqqatga sazovor joylar bo'ylab sayohatlar uyushtirilishi mumkin bo'ladi.