Imom Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqida spektakl sahnalashtirildi
2025-03-06 15:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" 2024-yil 15-avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida dramaturg Shavkat Pardayev tomonidan yozilgan "Imom Termiziy" nomli spektakl sahnalashtirildi.

Mazkur asar Imom Termiziyning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini aks ettirib, uning islom ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yosh avlod va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan. Spektakl Jamoatchilik kengashi tomonidan ma’qullanib, tomoshabinlarga namoyish etishga tavsiya etildi.
Ushbu sahna asarining taqdimoti Imom Termiziy shaxsiyati va merosining tarixiy ahamiyatini yanada ochib berish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etish va milliy madaniyatimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.