PAYARIQ TUMANI SUV ISTE’MOLCHILARI BILAN VIDEOMULOQOT O‘TKAZILDI
2025-04-16 10:25:00 / Yangiliklar

Unda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tumandagi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, fermerlar, aholi vakillari qatnashdi.
Videomuloqotda “Olmosbek D Z” fermer xo‘jaligi rahbari Azamat Sherboyev sug‘orish tik qudug‘ini ishlatishda elektr energiyasi xarajatlarini qoplab berishda amaliy ko‘maklashish, “Poyboshi” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Mahmudov ichki ariqlarda suv yo‘qotilishini kamaytirishda yordam berish, “Sardorbek universal S G” MJCh rahbari Bahodir Temirov o‘tgan yili sug‘orishga ishlatilgan suv uchun hisoblangan soliq summasini qayta ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha murojaat qildi.
Videomuloqotda suv iste’molchilaridan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlarni hal etish, suv qonunchiligi va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish to‘g‘risida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati